Toshkentda koronavirusga qarshi kurashganlarga davlat mukofotlari topshirildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMeditsinskiye rabotniki v sanitarnom shlyuze gorodskoy klinicheskoy bolnitse
Meditsinskiye rabotniki v sanitarnom shlyuze gorodskoy klinicheskoy bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston
Mukofotlanganlar orasida 200 nafari shifokor, 69 nafari esa oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari hisoblanadi.

TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil davomida koronavirusga qarshi kurashda fidoyilik koʻrsatgan 357 nafar kishini davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
COVID ikkinchi toʻlqini, vaktsina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Tadbirda Oʻzbekiston prezidentining Yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Laziz Toʻychiyev, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev hamda soha mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

"Har qanday mukofot – bu avvalo, el-yurt, Vatan eʼtirofi, xalq ishonchidir. Men bugun mukofotlanganlarning har birini yana bir bor muborakbod etib, ularga Prezidentimiz, xalq ishonch bildirganini taʼkidlab oʻtmoqchiman. Soʻnggi toʻrt yil ichida sogʻliqni saqlash tizimiga eʼtibor va gʻamxoʻrlik yuqori darajaga yetdi. Biz ushbu mukofotlarni, avvalo, Prezidentimizning ilm-fan, sogʻliqni saqlash sohalarida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish yoʻlida oʻzini ayamasdan mehnat qilayotgan, shifokor degan yuksak nomga har tomonlama munosib boʻlgan fidoiy insonlarning mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatiga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrligining yana bir amaliy ifodasi sifatida qabul qilamiz", - deb qayd etdi SSV rahbari Abduhakim Xadjibayev.

Vaktsina - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Sputnik V" vaktsinasi haqida barcha savollarga javoblar

Taqdirlanganlar orasida 269 nafari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan tibbiyot sohasi mutaxassislaridir. Jumladan, mukofotlanganlar orasida 200 nafari shifokor, 69 nafari esa oʻrta va kichik tibbiyot xodimlaridir.

26 dekabr holatiga koʻra, jahonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 bilan infektsiyalanganlar soni 80 millionga yaqinlashgan. Virusga chalinganlar eng koʻp AQShda qayd etilgan (18,6 mln kishi). Hindistonda - 10,1 mln. Braziliyada 7,4 mln.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 76,6 mingdan oshiq.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1961 nafar bemordan 162 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala