Dunyoda

Tojikistonda 12 yashar qizni zoʻrlagan erkak ozodlikka chiqarilgach, faollar janjal koʻtardi

© SputnikSotrudniki militsii patruliruyut dorogi tadjikskoy stolitsы
Sotrudniki militsii patruliruyut dorogi tadjikskoy stolitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻrqib qolgan qizaloq ota-onasiga hech narsa ayta olmagan, ular bu haqda qizning koʻzi yorishiga bir necha hafta qolganida xabar topganlar.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Tojikistonlik jurnalist Viktoriya Petrova va shilqimlik hamda zoʻrlikka qarshi kurashga qaratilgan TellMeSister guruhi tashkilotchisi Yelena Najmetdinova mamlakatda zoʻrlangan bolalar muammosiga eʼtibor qaratishdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston nashri.

Jenщina derjit za ruku rebenka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Surxondaryoda uchinchi sinf bolasi qishloqdoshi tomonidan zoʻrlandi

Faol ayollar Hisorda yuz bergan ayanchli hodisaga eʼtibor qaratdilar.

Oʻn ikki yashar qizaloqning nomusi 42 yoshli qarindoshi tomonidan toptalgan.

Qoʻrqib qolgan bola ota-onasiga hech narsa ayta olmagan, ular bu haqda qizning koʻzi yorishiga bir necha hafta qolganida xabar topganlar.

Faqatgina advokat OAV va huquqni muhofaza qilish organlari eʼtiborini ushbu hodisaga qaratganidan soʻng, ish sudgacha borgan. Ammo bu yerda ham jabrlanganlarni noxush syurpriz kutardi: zoʻravon sud zalidan amnistiya boʻyicha qoʻyib yuborildi.

Natijada, oiladan hatto qarindoshlari ham voz kechdi, pedofil va zoʻravon esa belgilangan muddatni oʻtamay (sud tomonidan unga 5 yil qamoq jazosi tayinlangan), odatiy hayot tarzini kechirmoqda.

Jenщina obnimayet nogi. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonda 65 yashar erkak voyaga yetmagan majruh qoʻshnisini muntazam zoʻrlab kelgan

Adolatsiz hukmdan qattiq norozi boʻlgan internetdagi tojik segment foydalanuvchilari AdolatBaroiShabnam #SpravedlivostDlyaShabnam #JusticeForShabnam xeshteglari bilan norozilik aktsiyasini yoʻlga qoʻydilar.

Ijtimoiy tarmoqlar shundoq ham qismati ogʻir kelgan qizaloqning hayotini murakkablashtirmaslik maqsadida, uning ismini oshkor qilmay, shunchaki Shabnam deya atamoqdalar.

"Men hozir kimga "minnatdorlik" bildirishim kerakligini bilmayapman - qonunga bildiraymi, sudyaga yoki tizimga? Zoʻravon va pedofillarga "yashil chiroq" berganlaring uchun rahmat. Endilikda qizlarimiz oʻzlarini xavfsiz his qila olmasliklari uchun rahmat. Qizlarning ota-onalariga ulardan boshqa bolalarni hech kim himoya qilmasligini koʻrsatib berganlaring uchun rahmat", - deya keskin fikrlarni bildirdi internetda Yelena Najmetdinova.

"Bu voqeani shunchaki unutib yubormaslik lozim. Bu haqda barcha OAV gapirishi kerak, boz ustiga biz harakatsizlikda boʻlmasligimiz lozim", - deya daʼvat qilmoqda Viktoriya Petrova.

Jabrlanuvchilarning advokati yuqori instantsiyalarga apellyatsiya bergan. Qizaloqqa jamoatchilik tashkilotlari yordam bermoqda. Odamlarning befarq emasliklari va OAV tomonidan voqeaning oshkor etilishi tufayli bu ish oʻlik nuqtadan siljib, jinoyatchi adolatli jazosini olishiga umid qilamiz, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala