Yangi tartib: Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar 14 kunga karatinga olinadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Sheremetyevo
Passajirы v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu tartib Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrikada boʻlgan va uchinchi davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan oʻzbekistonliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga joriy qilinadi

TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 21 - dekabr sanasidan 2021 yil 10 - yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) toʻxtatiladi.

Zdaniye ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
SSV koronavirusning yangi shtammi xususida maʼlumot berdi

Ushbu chora dunyodagi epidemiologik vaziyatning tezkor keskinlashuvi sharoitida mamlakatda epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infektsiyasi tarqalishining yangi oʻchoqlari paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda soʻnggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda boʻlgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi.

Shuningdek, soʻnggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya mamlakatlari va Janubiy Afrika Respublikasida boʻlgan va uchinchi davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki oʻz hisobidan tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani haqida maʼlum boʻlgan edi.

Britaniyaning yangi va yuzaga kelayotgan respiratorli virus xavflari boʻyicha maslahatlashuv kengashi mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi turi katta tezlikda tarqalayotgani va aholidan yanada koʻproq ehtiyotkorlikni talab etishini maʼlum qilgan edi. Ayni vaqtda olimlar virusning bu turi qanchalik halokatliligini aniqlash uchun tezkor tadqiqotlarni oʻtkazishmoqda. Bu haqda Britaniya bosh vrachi Kris Uitti maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala