Oʻzbekistonda davomli zilzila yuz berdi

© MCHS UzbekisanaPokazateli seysmografa vo vremya zemletryaseniya
Pokazateli seysmografa vo vremya zemletryaseniya - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistondagi yuz bergan zilzila toʻlqini Oʻzbekistonda sezildi. Yer silkinishi Toshkent shahrida 3 ball, Fargʻonada 5-6 ball kuzatildi.

TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda davomli yer silkinishi kuzatildi. Vodiy tomonda, xususan, Namangan, Andijon va Fargʻonada yer silkini kuchi 5-6 ballni tashkil qildi. Bu haqda FVV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da Oʻzbekistonning bir qator hududlarida yer silkinishlari sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, zilzila Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirgʻizistonda sodir boʻldi. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 238 kilometrni tashkil etadi. Epitsentrida zilzila kuchi 5,3 magnituga teng boʻlgan, oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila kuchi Fargʻona shahrida 6 ballni tashkil etgan.

Qirgʻizistonda yuz bergan zilzilaning Oʻzbekiston shaharlarida sezilishi:

Toshkent: 238 km, 3 ball.

Namangan: 90 km, 4 ball.

Andijon: 88 km, 4 ball.

Fargʻona: 24 km, 5-6 ball.

Guliston: 246 km, 2 ball.

Jizzax: 325 km, 2 ball.

Samarqand: 405 km, 2 ball.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala