Jamiyat

Bozorlardagi 45 ming soʻmlik muzlatilgan goʻsht sifatiga oid shubhalarga munosabat bildirildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishJenщina vыbirayet myaso
Jenщina vыbirayet myaso - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston bozorlarida kilosi 40-45 ming soʻmdan sotilayotgan muzlatilgan import goʻshtning sifati borasidagi shubhalarga munosabat bildirildi.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekistonda kilosi 40-45 ming soʻmdan sotilayotgan muzlatilgan import goʻshtning sifati borasidagi shubhalarga munosabat bildirildi.

Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Goʻsht qimmatlashishi sabablari sanab oʻtildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytda Oʻzbekiston bozorlarida 1 kilogrammi 40-45 ming soʻmdan sotilayotgan (xorijdan import qilingan muzlatilgan) goʻshtning sifati va qaysi hayvonga mansubligi, isteʼmolga shubhali ekanligi toʻgʻrisida xabarlar paydo boʻla boshlagan edi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonga import qilingan va qilinayotgan goʻsht mahsulotlari kelib chiqishi toʻgʻrisidagi xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlar va veterinariya sertifikatlariga koʻra, veterinariya nazorati ostida kiritilgan va kiritib kelinmoqda.

“Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ham chegara nazorat veterinariya punktlari orqali olib oʻtilayotgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari veterinariya-sanitariya norma va talablariga muvofiq olib kirilishi qatʼiy nazoratga olingan”, - deyilgan qoʻmita xabarida.

Savdo rastalariga import qilingan goʻshtning 1 kilogrammi 40-45 ming soʻm qilib belgilanishi talab va taklifga koʻra, bozor munosabatlari doirasida shakllantirilgan.

Qoʻmita import qilingan yoki mahalliy yetishtirilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining oldi-sotdisida narxni belgilash vakolatiga ega emasligini eslatgan.

Prilavok s myasom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Rosselxoznadzor" Oʻzbekistondan tayyor goʻsht mahsulotlariga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning shu paytiga qadar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonning import boʻyicha veterinariya talablari asosida tadbirkorlar tomonidan chetdan jami 30082,4 tonna goʻsht import qilingan.

Shundan, Qozogʻistondan muzlatilmagan 287,4 tonna mayda mol va 5712 tonna qoramol hamda 46,4 tonna muzlatilgan yirik shoxli mol goʻshti, Ukrainadan 2251,6 tonna muzlatilgan yirik shoxli mol goʻshti, Belarusdan muzlatilmagan 7124 tonna va muzlatilgan 14661,4 tonna qoramol goʻshti olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala