Krishtianu Ronaldu va uning qayligʻi oʻzbek choponida koʻrinish berdi
Krishtianu Ronaldu va uning qayligʻi oʻzbek choponida koʻrinish berdi
Jahon futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va uning qayligʻi Jorjina Rodriges oʻzbek choponini kiydi. Jorjina surat ostiga “Oʻzbekistondan mehr bilan tayyorlangan qoʻl... 27.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Jahon futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va uning qayligʻi Jorjina Rodriges oʻzbek choponini kiydi. Jorjina surat ostiga “Oʻzbekistondan mehr bilan tayyorlangan qoʻl mehnati” deya izoh yozdi.
TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va qayligʻi Jorjina Rodriges oʻzbekona libosda koʻrinish berdi.
Avvaliga Jorjina Instagram sahifasiga oʻzbekona toʻnda tushgan suratini joyladi va “Oʻzbekistondan mehr bilan tayyorlangan qoʻl mehnati” deya izoh yozdi.
Keyinchalik oʻzbekistonlik sobiq MMA jangchisi, hozirda BAAda istiqomat qilayotgan Umid Mavlonov oʻzining Instagram sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan suratini namoyish qildi. Unda futbolchi oʻzbek choponini kiyib olgan.