Jamiyat

Metroning Sergeli yoʻnalishidan 1 yanvargacha bepul foydalanish mumkin

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston
Kecha ochilgan Toshkent metropolitenining yangi Sergeli yoʻnalishi yoʻlovchilar uchun 2021 yil 1 yanvargacha bepul boʻladi.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. 26 dekabr soat 16:00dan boshlab Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi xizmat koʻrsata boshladi. 

Otkrыlas Sergeliyskaya liniya metro: pervыe vpechatleniya  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Metroning Sergeli yoʻnalishi ilk yoʻlovchilarini manziliga eltib qoʻydi - video

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabariga koʻra, yoʻnalish ishga tushgandan boshlab 2021 yil 1 yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yoʻnalishda yangi ochilgan “Bekat-1”, “Bekat-2”, “Bekat-3”, “Bekat-4”, “Bekat-5” bekatlarida harakatlanish bepul boʻladi. 

Bepul harakatlanish faqat yangi Sergeli yoʻnalishida amal qiladi. Agar yoʻlovchi Chilonzor yoʻnalishidan (Olmazor bekatidan ham) harakatlansa, yoʻl haqi toʻlashi zarur.

Eslatib oʻtamiz, 26 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi ochilgan edi. Uzunligi 7 kilometrlik mazkur temir yoʻlda beshta bekat barpo etilgan. Metropolitenning “Olmazor” bekati bilan oraliqda 580 metrlik tonnel qurilib, yer usti va yer osti yoʻllari bogʻlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala