Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Hodisalar

Toshkentda avtomobil koʻprikdan qulab tushdi

GAZ-3110 haydovchisi va avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumani Turkiston koʻchasida GAZ-3110  rusumli mashina avtomobil koʻprigidan Kichik halqa yoʻliga tushib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 27 dekabr kuni soat 04:30 larda sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 43 yoshli haydovchi M.G. avtomobilda harakatlanayotib, avtomobil koʻprigiga yetgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan. Bu uning koʻprikdan qulab tushishiga sabab boʻlgan.

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Tashkenta avtomobil upal s puteprovoda
Toshkentda avtomobil koʻprikdan qulab tushdi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkenta avtomobil upal s puteprovoda

Natijada haydovchi va avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa sabablarini aniqlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala