Dunyoda

Yaponiya oʻz chegaralarini yopmoqda

© REUTERS / Kim Kyung-HoonJenщina v zaщitnoy maske pered statuyey v Tokio
Jenщina v zaщitnoy maske pered statuyey v Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston
Chegaralarni yopish toʻgʻrisidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati dunyoning barcha davlatlari va hududlaridan mamlakatga kirishga vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar qilmoqda.

Preduprejdeniye zakrыtii frantsuzskoy granitsы na vʼyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi

Maʼlum qilinishicha, cheklovlar 28 dekabrdan boshlab kelgusi yil oxiriga qadar amal qiladi.  Yaponiya fuqarolari va mamlakatda yashash ruxsatnomasini olgan chet elliklar mamlakatga qaytishi mumkin. Shuningdek, xuddi shu muddatga yangi viza berish toʻxtatib qoʻyilgan.

Chegaralarni yopish toʻgʻrisidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan. Ular yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan boʻlishgan.

Hozirda Yaponiyada, xususan, Tokio shahrida rekord darajada koronavirus bilan kasallanish kuzatilmoqda. Oʻtgan kun mamlakatda 3,8 mingdan ziyod kishida COVID-19 aniqlangan, shulardan 949 nafari Tokioda. Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 213 mingdan oshgan. Shulardan 180 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 3,1 mingdan ortiq inson virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala