Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun 3-yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanish mumkin

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) jarimaga tortilishi yoki 3-yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda deputatlar tuhmat va haqorat uchun jazoni yumshatishmoqchi

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0