Dekabr oyida 7,5 mingdan ziyod oʻzbekistonlik Rossiyaga ishga joʻnatildi
Dekabr oyida 7,5 mingdan ziyod oʻzbekistonlik Rossiyaga ishga joʻnatildi
Bandlik va mehnat munosabatlari Nozim Husanovning maʼlum qilishicha, pandemiya vaqtida 430 mingga yaqin migrantlar qaytib kelgan. 28.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Bandlik va mehnat munosabatlari Nozim Husanovning maʼlum qilishicha, pandemiya vaqtida 430 mingga yaqin migrantlar qaytib kelgan.
TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Pandemiyaga qaramay joriy yilning dekabr oyida 7,5 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga ishga joʻnatildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari Nozim Husanovning maʼlum qilishicha, Rossiyada 1,6 milliondan ortiq mamlakat fuqarolari doimiy ravishda mehnat qilmoqda.
Oxirgi bizning maʼlumotlarimizga qaraganda, pandemiya vaqtida 430 mingga yaqin fuqarolarimiz qaytib kelgan. Hozir Rossiyaga borish istagida boʻlgan bor. Chunki u yerda ishchi kuchiga talab katta. Pandemiya sharoitida Rossiya tezkor shtabining ruxsatini olib, dekabr oyining oʻzida 7,5 mingdan ortiq fuqarolarimizni rasmiy tarzda ish joylariga borishini amalga oshirdik. Bu jarayonni koʻpaytiramiz deb oʻylaymiz”, - dedi vazir.
Husanovning taʼkidlashicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Pasport-viza xizmati" Federal davlat unitar korxonasi hamda Moskva shahridagi "Koʻp tarmoqli migratsiya markazi" Davlat byudjet muassasasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlari imzolangan. "Pasport-viza xizmati" filialini kelgusi yil boshida ochish rejalashtirilmoqda
Bundan koʻzlangan maqsad Rossiya hududida ishlash istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat.