Jamiyat

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi

© K.AllamdjonovKomil Allamdjonov i Saida Mirziyoyeva posetili pochetnogo jurnalista
Komil Allamdjonov i Saida Mirziyoyeva posetili pochetnogo jurnalista - Sputnik Oʻzbekiston
Mass-mediani rivojlantirish fondi Yangi yil bayrami arafasida 100ga yaqin jurnalistlarga jami 150 million soʻm atrofida moliyaviy yordam beradi.

TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi rahbariyati Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 8 yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida yashayotgan faxriy jurnalist Rustam Obidovning holidan  xabar olishdi.

© K.AllamdjonovRustam Obidov
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Obidov

Xabarda aytilishiga koʻra, Rustam Obidov allaqachon pensiuyaga chiqqaniga qaramay, tarjimalar qilib, astoydil ishlashda davom etmoqda. Lekin 2020 yilodan pandemiya tufayli ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgan va pansionatda yashash xarajatlarining barchasini toʻlay olmagan. 

Allamjonov, ushbu vaziyatda faxriy jurnalistga yordam berishni Mass-media fondining burchi deb hisoblashini maʼlum qilgan. 

"Mass-media fondi va shaxsan men Rustam Obidovga uning muammolarini hal qilishda yordam berishni oʻz burchimiz deb hisoblaymiz. Faxriy jurnalistlar Oʻzbekiston tarixidir. Ularning mehnati va fidokorona faoliyati tufayli biz mamlakatimiz bosib oʻtgan yoʻl haqida bilamiz va bizning bu koʻmagimiz ularga va ularning mehnatlariga bildirilgan minnatdorchiligimizning kichik bir qismidir", - deydi Allamjonov.

Maʼlumot uchun, jurnalist Rustam Obidov pansionatiga 18 million soʻm miqdorida qarzi bor. Mass-mediani rivojlantirish fondi ushbu toʻlovni oʻz zimmasiga oldi.

Undan tashqari, biroz oldin Fond bayram arafasida 100 ga yaqin faxriy jurnalistlarga ham yordam ajratilishini maʼlum qilgan edi. Roʻyxatni tuzishda jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi jamoalari va tegishli tashkilotlar koʻmaklashgan. Fond ularga jami 150 million soʻmlik yordam koʻrsatadi.

© K.AllamdjonovKomil Allamdjonov i Saida Mirziyoyeva posetili pochetnogo jurnalista
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Komil Allamdjonov i Saida Mirziyoyeva posetili pochetnogo jurnalista
 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala