Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor "Orion" uchuvchisiz apparatini namoyish qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishBespilotniy letatelniy apparat (BPLA) "Orion-E"
Bespilotniy letatelniy apparat (BPLA) Orion-E - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Orion" - o‘rta balandlikda uzoq vaqt davomida uchishga mo‘ljallangan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiradi. Uning og‘irligi 1100 kilogrammni, foydali yuk massasi esa - 210 kgni tashkil etadi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor "Orion" uchuvchisiz apparatini unga o‘rnatiladigan barcha qurol yarog‘ bilan birga rasman taqdim etdi. Surat vazirlik sahifasida e’lon qilingan 2021-yil kalendarida chop etilgan. 

"Orion" - o‘rta balandlikda uzoq vaqt davomida uchishga mo‘ljallangan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiradi. Uning og‘irligi 1100 kilogrammni, foydali yuk massasi esa - 210 kgni tashkil etadi. Orion tayyor ko‘rinishda ilk bor ArMI-2020 ko‘rgazmasda namoyish etilgan edi.

© Vadim SavitskyBespilotniy letatelniy apparat (BPLA) "Orion-E"
Rossiya Mudofaa vazirligi ilk bor Orion uchuvchisiz apparatini namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Bespilotniy letatelniy apparat (BPLA) "Orion-E"

Fotosuratda apparat cho‘l kamuflyajida aks etgan. 

Uchuvchisiz apparat og‘irligi 21 kg bo‘lgan bir necha yo‘naltiriluvchi aviabombalar KAB-20 hamda og‘irligi 7kg bo‘lgan, sputnik va lazer yordamida nishonga aniq yo‘naltirilishi mumkin bshlgan oskolkali-fugas jangovar bosh qism bilan jihozlanishi mumkin. U dushmanning yengil zirhlangan texnikasi va tirik joniga zarba berishga mo‘ljallangan. 

Rossiya Mudofaa vazirligining 2021-yilgi kalendarida shuningdek og‘ir dron "Oxotnik" hamda 5-avlod qiruvchi samolyoti Su-57, "Borey" suv osti kemasi, T-90M tanki, "Armata" Pexota jangovar mashinasi va boshqa zamonaviy harbiy texnika aks etgan. 

Yangiliklar lentasi
0