Migratsiya

Rossiyadagi oʻzbekistonliklarni noqonuniylar safidan chiqarish boʻyicha ish olib borilmoqda

© Sputnik / Mixail Golenkov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya IIV keltirgan raqamlarga koʻra, 490 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari hozir ham nolegallar safida.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiyadagi noqonuniy oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini qonuniylashtirish borasida ish olib borilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Bandlik va mehnat vazirining yil yakuniga bagʻishlangan jurnalistlar bilan uchrashuvida vazir oʻrinbosari Erkin Muhitdinov hozirda Rossiyada 490 ming nafarga yaqin mamlakat fuqarolari noqonuniylar safida ekanini maʼlum qildi.

Muhitdinovning soʻzlariga koʻra, yaqinda 50,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari hujjatlarini rasmiylashtirib, patent olgan va “nolegallar” safidan chiqarilgan. Bunda Rossiyadagi elchixona va konsulliklar olib borgan tashviqotlar yordam bergan. Fuqarolarga Rossiyada boʻlish tartibi uzaytirilgani va noqonuniy boʻlib turganlar boʻlishlarini qonuniylashtirishlari mumkinligi tushuntirilgan.

“Rossiya IIV keltirgan raqamlarga koʻra, 490 mingga yaqin fuqarolarimiz hozir ham nolegallar safida. Ularni ham legallashtirishimiz kerak. Bu borada ish olib boryapmiz. Endi sal boshqacha ish qilamiz. 490 ming nafarning roʻyxatini olamiz. Bu yerda ish qilamiz”, - dedi vazir oʻribosari.

Uning taʼkidlashicha, Rossiyada noqonuniy boʻlganlar yashaydigan hudud, viloyat, mahallalarga boriladi. Ota-onalarga farzandlari Rossiyada oʻzlarini qonuniylashtirishi mumkinligi tushuntiriladi. Keyin ular qayerga borishi kerakligi va manzillar aytiladi. Shu tariqa ularni ham nolegallar safidan chiqarish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli migrantlarning vaqtinchalik boʻlish muddati 2021 yilning 15 iyuniga qadar uzaytirilgan. Shu vaqt mobaynida noqonuniy boʻlgan chet elliklar IIV migratsiya masalalari boʻyicha boshqarmalariga murojaat qilib, yangi registratsiya uchun hujjat topshirishi mumkin. Keyin patent rasmiylashtirishi mumkin. Bunda ular faqat bir necha ming rubl jarimaga tortiladi, xolos. Putinning ushbu farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan keyin noqonuniy yurishda davom etganlarni keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala