Samarqand - Kitob yoʻlidagi "Taxtaqoracha" dovoni yopildi
Samarqand - Kitob yoʻlidagi "Taxtaqoracha" dovoni yopildi
Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda sodir boʻlgan yogʻingarchilikdan keyin qattiq sovuq boʻlishini xabar qilmoqda. Bu oʻz navbatida yoʻllarda muzlamalar hosil boʻlishiga olib... 28.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda sodir boʻlgan yogʻingarchilikdan keyin qattiq sovuq boʻlishini xabar qilmoqda. Bu oʻz navbatida yoʻllarda muzlamalar hosil boʻlishiga olib keladi.
TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Muzlamalar sababli "Taxtaqoracha" dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.
"Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi «Taxtaqoracha» dovonida qor yogʻib, yoʻlning qatnov qismida muzlamalar hosil boʻlganligi, shuningdek, qor koʻchishi, yoʻlda koʻrish masofasi cheklanishi, quyuq tuman tushishi ehtimoli boʻlganligi sababli dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatildi", - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Gidrometerologiya markazi Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda sodir boʻlgan yogʻingarchilikdan keyin qattiq sovuq boʻlishini xabar qilmoqda. Bu oʻz navbatida yoʻllarda qattiq muzlamalar hosil boʻlishiga olib keladi.
Ushbu munosabat bilan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Oʻzbekistonning barcha hududlarida yashaydigan aholidan zaruratsiz avtomobilda koʻchaga chiqmaslikni, avtomobil haydaganda barcha xavfsizlik choralarini koʻrishni soʻrab qoladi.