Samarqand - Kitob yo‘lidagi "Taxtaqoracha" dovoni yopildi

© FlickrAvtomobilnaya doroga
Avtomobilnaya doroga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan yog‘ingarchilikdan keyin qattiq sovuq bo‘lishini xabar qilmoqda. Bu o‘z navbatida yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishiga olib keladi. 

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Muzlamalar sababli "Taxtaqoracha" dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

"Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha” dovonida qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi, shuningdek, qor ko‘chishi, yo‘lda ko‘rish masofasi cheklanishi, quyuq tuman tushishi ehtimoli bo‘lganligi sababli dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometerologiya markazi O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan yog‘ingarchilikdan keyin qattiq sovuq bo‘lishini xabar qilmoqda. Bu o‘z navbatida yo‘llarda qattiq muzlamalar hosil bo‘lishiga olib keladi. 

Ushbu  munosabat bilan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi O‘zbekistonning barcha hududlarida yashaydigan aholidan zaruratsiz avtomobilda ko‘chaga chiqmaslikni, avtomobil haydaganda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘rab qoladi. 

Yangiliklar lentasi
0