Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llaydi

Obuna bo‘lish
Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, prezidentning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga navbatdagi murojaatnomasi 29-dekabr kuni bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident murojaatnomasi 29-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi. Unda joriy yilda erishilgan natijalar, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib o‘tiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi.

Davlat rahbari bu gal ham ko‘plab takliflarni bildirishi kutilmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman poytaxtdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Unda Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, prezidentning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi. 

Prezidentning o‘tgan yilgi murojaatnomasi 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0