Hodisalar

Soxta koronavirus testini sotishni biznesga aylantirgan guruh fosh etildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishSotrudnik laboratorii podpisыvayet test na COVID-19
Sotrudnik laboratorii podpisыvayet test na COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
“Toshkent — Moskva” yoʻnalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning PZR-test maʼlumotnomalari soxta ekani aniqlangan.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. DXX hamda IIV xodimlari COVID-19 testini soxtalashtirayotgan guruhni fosh etdi.

Sogʻliq saqlash vazirligi xabariga koʻra, firibgarlar koronavirusni aniqlashda PZR-test maʼlumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga sotish bilan shugʻullangan.

Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Harbiy tavsiyanomalardan 300tasi soxta chiqdi

Xususan, “Toshkent — Moskva” yoʻnalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test maʼlumotnomalari soxta ekani aniqlandi.

Tezkor harakatlar davomida mazkur shaxslar COVID-19 ni aniqlash boʻyicha test topshirmasdan, ushbu soxta maʼlumotnomalarni Buxoro viloyatida tugʻilgan Q. E. va Xorazm viloyatida tugʻilgan M. M.lardan sotib olganliklari maʼlum boʻlgan.

Ularga soxta maʼlumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi M. N. va K. A.lar tayyorlab, yetkazib turishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala