Kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda yangi o‘quv dasturi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUrok russkogo yazika v odnoy iz shkol Uzbekistana
Urok russkogo yazika v odnoy iz shkol Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etiladi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi boshlang‘ich sinflarda yangi o‘quv dasturi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

“Bu borada kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etiladi”, - dedi davlat rahbari.

Prezident umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0