Jamiyat

Mandarin foydasi va zarari haqida - shifokorlar maslahati

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMandarinы na sklade
Mandarinы na sklade  - Sputnik Oʻzbekiston
Mandarin juda foydali, immunitetni mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, kayfiyatni koʻtaradi.

Kuniga toʻrt dona mandarin isteʼmol qilinsa, salomatlikka zarar boʻlmaydi. Bu meva juda foydali, immunitetni mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, kayfiyatni koʻtaradi. Shuning uchun Yangi yil bayramida mandarin isteʼmol qilish juda yaxshi odat, deyishdi shifokorlar RIA Novosti agentligiga.

“Bir sutkada oʻrtacha miqdori – 4 dona <...>, mandarinlarni meʼyorida har kuni isteʼmol qilish mumkin”, - dedi parhez-shifokori Tamara Pruntseva.

Uning taʼkidlashicha, yangi yil bayramlarida mandarinlarni isteʼmol qilish odati agar tsitrus mevalariga qarshi, individual allergik reaktsiyalar boʻlmasa, foydali boʻladi.

Parhezshunos-shifokor Yelena Tixomirovaning soʻzlariga koʻra, qishda, vitaminlar kam boʻlganda, inson organizmi uchun bu meva zarur boʻladi. Mandarin kam kaloriyali meva hisoblanadi, shu bilan birga vitaminlarga, shu jumladan S vitaminiga boy.

Sbor urojaya mandarinov v Gulrыpshe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shifokor kimlarga mandarin yeyish zararligini aytdi

Isteʼmol qilishdan oldin mandarinni iliq suvda yuvish zarur. Chunki ularni uzoq vaqt saqlash uchun organizmga zararli boʻlgan moddalar bilan ishlov berilgan boʻlishi mumkin.

Mandarin miqdoridan koʻp iisteʼmol qilish allergik reaktsiyalarga olib kelishi, oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklarining kuchayishiga olib kelishi mumkin, chunki mevada koʻp miqdorda klechatka mavjud.

Parhez shifokortlar mandarinni ertalab va kunduzi soat 5 gacha isteʼmol qilishni maslahat berishdi. Asosiysi – ularni och qoringa isteʼmol qilish kerak emas.

Oddiy tavsiyalarga amal qilinsa, mandarin inson salomatligiga ijobiy taʼsir qiladi: toksinlarni chiqaradi, immunitetni mustahkamlaydi va kayfiyatni yaxshilaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala