Otdan tushsa ham egardan tushmaydi: Tramp so‘nggi resursini jangga tashladi

© AFP / JIM WATSONPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident sifatida o‘z kuni bitganini bilgan Tramp, respublikachi - senatorlarga murojaat qilishi, ularni biroz qo‘rqitishga harakat qilishi mumkin.

TOShKENT, 29 dek - Sputnik, Mixail Sheynkman. Partiya ichidagi gaplarni ommaga olib chiqish bilan respublikachi senatorlardan biror narsaga erishib bo‘lmasligini sezgan Donald Tramp o‘zining so‘nggi rejasini amalga oshirishga kirishdi.

Odatda u Twitter  orqali oddiy amerikaliklarga murojaat qilar edi, lekin bu safar Amerika prezidenti OAV orqali respublikachi senatorlarga ochiq murojaat bilan chiqdi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: taslim bo‘lishga juda erta

“Prezident uchun jon berib kurashish vaqti keldi. Demokratlar ham aslida g‘alaba qozonganda shunday qilgan bo‘lardi. Saylovlar qalbakilashtirilgani aniq. Jo Bayden qalbaki prezident!”, - dedi Donald Tramp.  

Albatta, Trampning bu chorasi vazatni o‘zgartirishga qodir emas, u ko‘proq prezidentning “so‘nggi qo‘ng‘iroq” huquqidan foydalanishga o‘xshab ketdi.  

Tramp tarafdorlari namoyishlar qilishda davom etmoqda, lekin uning o‘zi hech narsa qilgan  yo‘q. Uning qo‘li smartfon va golf o‘yinidan bo‘shagani yo‘q, go‘yoki 20-yanvardan keyin bo‘sh vaqti yo‘qdek.

Lekin nima bo‘lsa ham Donald Tramp 6-yanvar kuni Vashingtonga kelmoqchi. U yerad katta norozilik namoyishi bo‘lishi kutilmoqda.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp demokratlar AQShni kommunizmga keltirishni xohlaydi deb hisoblaydi

Aslida Trampning vaziyatida Kapitoliyni egallash uchun faqat bir dona gipotetik imkoniyat bor. Amerika tarixida faqat bir marotaba 1876-yilda Raterfond Xeyz janubiy shtatlardagi konkressmenlar bilan tuzgan bitimidan so‘ng ular yordamida prezident bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan edi. O‘sha saylovlar Amerika tarixida eng nohaq saylovlar sifatida esda qolgan. Janubiy shtatlardan bo‘lgan kongressmenlar quldorlik tizimini qaytarishga umid qilgan holda Xeyzni qo‘llab-quvvatlashgan edi, lekin bu amalga oshmaganidan so‘ng AQShda fuqarolar urshi boshlanib ketishiga oz qolgan edi.

Hozirgi prezident uchun ham o‘shanda sodir bo‘lgan vaziyat ehtimoli juda kam bo‘lsada kichik imkoniyat sifatida ko‘rilmoqda. Senatda esa aksariyat bunga qarshi.

Jo Bayden bilan esa, bo‘layotgan barcha voqealarga qaramasda, ular do‘st. Nima ham derdik – isteblishment.

Amerikanskiy bombardirovshik B-52  - Sputnik O‘zbekiston
Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSh Eronga zarba beradimi?

Yuqori palata son jihatdan ko‘pchillikni tashkil qilayotgan respublikachilar amaldagi prezident roziligi bo‘lmasa ayrim tashabbuslarni bekor qilishi mumkin.

Prezident sifatida o‘z kuni bitganini bilgan Tramp oxirgi imkoniyatidan foydalanib qolish maqsadida  respublikachi-partiyadoshlariga murojaat qilishi, ularni biroz qo‘rqitishga harakat qilishi mumkin.

Trampdan har narsa kutsa bo‘ladi, lekin qo‘mondonlik soati kiritilishiga hech kim ishonmaydi. Agar ana shunday gaplar tasofidan OAVga chiqib ketsa Mudofa vazirligi o‘z navbatida “B” rejaga ega bo‘lishi kerak. Ha, aynan “B” rejaga “T” rejaga emas.                                                                               

Yangiliklar lentasi
0