Jamiyat

Prezident yangi yil nomini eʼlon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va xalqqa yoʻllanayotgan murojaatnomasida yangi 2021 yil nomini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllayotgan murojaatnomasida yangi yil nomini eʼlon qildi.

Prezident agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlardagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olinsa, koʻzlagan marralarga albatta yetsa boʻlishini taʼkidladi. Yangi Oʻzbekiston ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlar bilan birgalikda barpo etiladi.

"Ana shu muhim yoʻnalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida, kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etaman", - dedi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala