Toshkent metrosida fuqaro poyezd yo‘liga yotib oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya metro v Tashkente
Stansiya metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Alisher Navoiy” bekatida 38 yoshli ayol o‘zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yo‘liga yotib oldi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 38 yoshli ayol o‘zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yo‘liga yotib oldi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK internetda tarqalgan videoni izohlayotib, ma’lum qildi.

Hodisa 28-dekabr kuni soat 21:23 da sodir bo‘lgan. Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik bo‘limining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olingan. Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol depressiya holatida bo‘lgan  va o‘zining nojo‘ya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0