Iqtisod

UzAuto Motors soʻnggi janjallar ortidan qancha zarar koʻrdi

© UzAuto MotorsUzAuto Motors
UzAuto Motors - Sputnik Oʻzbekiston
Avgust-sentyabr oylarida UzAuto Motors kunlik tushumi qariyb 30-40 mlrd soʻmga keskin kamaygan yoxud belgilangan reja 562 mlrd soʻmga kam bajarilgan.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi OAVda ular haqidagi asossiz xabarlar tufayli 562 mlrd soʻm yoʻqotganini maʼlum qildi.

UzAuto Motors AJ Yuridik departament direktori Rustam Shaymardonovning maʼlum qilishicha, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “maxsus buyurtma” asosida turli boʻhton va asossiz xabarlarning tarqatib borilayotganligi, nafaqat milliy brendning nufuziga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

“Bunday xabarlar tarqalishi joriy yilning avgust-sentyabr oylarida UzAuto Motors AJ kunlik tushumini qariyb 30-40 mlrd soʻmga keskin kamayishiga yoxud joriy yilning avgust-sentyabr oylarida belgilangan rejani 562 mlrd soʻmga kam bajarilishiga sabab boʻlgan”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, bunday yoʻqotishlar jamiyatning mazkur tushumlarga mutanosib ravishda davlat byudjetiga soliq va boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlashiga toʻsqinlik qilgan.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bosh prokuratura “UzAuto Motors”ga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishni rad etdi

Mablagʻ taqchilligi yuzaga kelishi natijasida sentyabr oyida rejalashtirilgan akkreditiv toʻlovlari va xorijiy hamkorlarga yoʻnaltiriladigan toʻlovlar oktyabr-noyabr oylarida kechiktirib toʻlangan.

“Xorijiy hamkorlar bilan Jamiyatning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, zavodning texnik jihozlarini modernizatsiya qilish va aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish borasidagi 150 mln yevro miqdoridagi davlat ahamiyatiga molik hamkorlik kelishuvini kechikishiga ham aynan shunday xabarlar sabab boʻlgan”, - deb yozadi Rustam Shaymardonov.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar maʼmuriy sudi 30 oktyabr kuni arizachi “UzAuto Motors” AJning shikoyat arizasini qanoatlantirdi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarorini haqiqiy emas deb topdi. Avvalroq MQKQ kompaniya yengil avtomobillar narxlarini oʻrtacha 10,29 foizga oshirganini maʼlum qilgan edi. Shu bois narxlar arzonlashtirishi va mijozlarga qayta hisoblab berishishi lozim edi. "UzAuto Motors" bunga javoban avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz ekanini maʼlum qildi va sudga berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala