Siyosat

Oʻzbekistonda 15 yil muqim yashaganlarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik beriladi

© Sputnik / Valeriy MelnikovPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident 2005 yilgacha mamlakatga kelib, doimiy yashayotgan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston fuqaroligini berishni taklif qildi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasi davomida maʼlum qildi.

Prezidetning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili 1995 yilgacha mamlakatga koʻchib kelganlarga Oʻzbekiston fuqaroligini toʻgʻridan-toʻgʻri berish tartibi belgilandi. Bu bilan 50 ming nafardan ortiq shaxslarga fuqarolik olish imkoniyati yaratildi.

“Kelgusi yilda bu ishlarni davom ettirib, 2005 yilgacha mamlakatimizga kelib, doimiy yashayotgan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston fuqaroligini bersak, nima deysizlar? Bu oʻzgarish bilan yurtimizda yashab kelayotgan yana 20 ming kishi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi”, - dedi u.

Davlat rahbari bundan buyon respublikada 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinishi qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala