O‘zbekistonda 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev tezkor qidiruv faoliyatida, tergov organlari va jazoni ijro etishda qiynoqlarning oldini olish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari himoyasi, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar davom ettiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ta’kidladi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yangi yildan boshlab joriy etiladigan “bir sud—bir instansiya” tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini ta’minlashda bosh mezon bo‘lishi lozim.

Yangi yildan boshlab fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat darajasidagi 3 ta sud 1 ta sud sifatida birlashtiriladi. Sud muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib sifatida joriy etiladi. Bunda ishni to‘xtatish yoki tugatishga asos yetarli bo‘lsa, sud ishni avvalgiday tergov yoki prokurorga qaytarmasdan, o‘zining yakuniy qarorini qabul qiladi.

Investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi. Endi yirik investorlar, o‘z xohishiga ko‘ra, nizoni hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.

Prezident jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qo‘llash borasidagi ishlar davom ettirilishini ma’lum qildi. Xususan, xalqaro standartlardan kelib chiqib 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi.

“Bundan buyon birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilsa, u manzil koloniyaga o‘tkazilmasdan, probatsiya nazoratiga olinadi. Mazkur yengillik asosida hozirgi kunda jazo muddatini o‘tayotgan 6 ming nafar shaxsga o‘z mahallasi nazorati ostida oilasi bag‘rida bo‘lish imkoni yaratiladi”, — dedi u.

Shu bilan birga, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish organidan, yangi tashkil etiladigan Insonparvarlik komissiyasiga o‘tkaziladi.

Mirziyoyev tezkor qidiruv faoliyatida, tergov organlari va jazoni ijro etishda qiynoqlarning oldini olish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0