Ekspert odamlar qaysi valyutadan uzoqroq yurishi kerakligini aytdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDollar
Dollar  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qanday valyutalarga umuman investitsiya qilmagan ma’qul, qaysilari esa foyda keltiradi - materialimizda o‘qing.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Ekspert RIA Novosti bilan suhbatda, qaysi valyutalarga investitsiya kiritishdan uzoq bo‘lish kerakligi haqida gapirdi.

Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi qarzi 30 mlrd dollarga yaqinlashmoqda

aSaxo Bankning valyuta bo‘yicha bosh strategi Jon Xardi fikricha, odamlar uzoqroq bo‘lishlari kerak bo‘lgan valyuta bu amerika dollari va yapon iyenasidir.

"Eng afzal pozitsiya bu AQSh dollari va yapon iyenasidan uzoqlashish va rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalariga e’tibor qaratish", dedi Xardi. Shunday valyutalar orasida u rus rublini misol tariqasida keltirdi.

"Russ-Invest" IK bosh direktori Aleksandr Bichkov "rublning uzoq muddatli istiqbollariga ishonmaydigan va avvalgidek, valyutani ma’qul ko‘radigan odamlarga yoki faqat yevro, yoki dollar va yevroni teng proporsiyalarda xarid qilishni" maslahat berdi.

Umuman olganda, ekspertlar fikricha, global iqtisod 2021-yilda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, biroq, bank sohasida jahon miqyosida inqirozni kutish, ehtimol, kerak emas.

Yangiliklar lentasi
0