Kolumnistlar

Kallakesarlar uchun prezident marhamati: xususiy harbiy biznes kelajagi

© AP Photo/Khalid MohammedSoldatы chastnoy voyennoy kompanii "Blekuoter"
Soldatы chastnoy voyennoy kompanii Blekuoter - Sputnik Oʻzbekiston
Ketayotgan Donald Tramp oldida ilgari avf toʻgʻrisida churq eta olmagan saralangan tovlamachilar turnaqator boʻlib navbatga turdi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Veronika Krasheninnikova. Ketayotgan prezident uchun soʻnggi oy – avf tarqatish vaqti. Bu safar Donald Tramp oldida ilgari avf toʻgʻrisida churq eta olmagan saralangan tovlamachilar turnaqator boʻlib navbatga turdi.

“Avf etilganlar” orasida “Blekuoter” xususiy harbiy kompaniyasining toʻrt nafar yollanmalari bor. 2007 yilning sentyabr yakshanbasida kunduz kuni Bogʻdoddagi Nisur maydonida Davlat departamenti xodimlarining qoʻriqchilari tarkibida ular palapartish oʻt ochib, 17 nafar tinch aholini oʻldirishdi va 20 nafarini yarador qilishdi. Qayd etish joizki, 2016 yilda Obama prezidentlikdan ketayotgan vaqtda mahkumlar avf imkoniyatidan foydalanishga hatto umid qilishmagandi.

Amerikanskiy esminets Lassen v more - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH oʻz dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

Oʻrni kelganda aytish kerakki, jazo jinoyatchilarni uzoq izladi. Amerika xususiy harbiy kompaniyalari uchun qonunlar mamlakatda harbiy operatsiya yuritishga umuman yoʻq: Vashington harbiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolayotib, yollanmalar tomonidan bu mamlakat hududida jinoyat sodir etilgan taqdirda ularni javobgarlikdan ozod qilishni albatta qoʻshadi.

Amerikaning oʻzida ham xususiy harbiy sektorning lobbistik sayʼ-harakatlari keng. Yollanmalarga ayblov bir yildan ortiq vaqt oʻtib eʼlon qilingan edi, 2008 yil dekabrida, yana bir yil oʻtib, 2009 yilda, ishning notoʻgʻri yuritilishi... asosida  - olib tashlangan! 2011 yil aprelida ish qayta ochildi, sudning ilgari qarori xato deb topilgan. 2012 yili “Blekuoter” olti nafar hodisa qurbonlarining oilasiga tovon puli toʻlab, qutilishga urindi. Faqat 2014 yili (jinoyatdan soʻng yetti yil oʻtib) yollanmalar qamaldi: birinchi boʻlib oʻt ochgani – bir umrga, uch nafari 30 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 2019 yil avgustida apellyatsiya sudi bir umrlik jazoni tasdiqladi.

Lekin, tasdiqlangan ayblov hukmiga qaramasdan mahkumlar bilishardi: Donald Tramp bilan imkoniyatlar ular tomonda. 2019 yil noyabrida prezident AQSH Harbiy dengiz kuchlari maxsus xodimi Eddi Gallagerni avf etdi. U iyul oyida asir ISHID* oʻsmirini sababsiz ov pichogʻi bilan oʻldirgani va murda oldida turib suratga tushgani uchun mahkum qilingan edi. Xizmatdoshlarining soʻzlariga koʻra, oʻziga Blade (Tigʻ) laqabini tanlagan “oʻta shayton” ("freaking evil") Gallager “qimirlagan har bir narsani oʻldirishga hozir” boʻlgan. Gallagerga qarshi maktab oʻquvchi qizini va snayper pistirmasidan qariyani otib tashlash ayblovlari kiritilgan. Jinoyatlarning barchasi Iroqda sodir etilgan. Ustiga ustak Tramp uni – “buyuk jangchi”ni oqlashda qattiq turib oldi, uning soʻzlariga koʻra, HDK qoʻmondoni Richard Spenserni hatto isteʼfoga chiqargan! Chunki Richard oqlashga qarshi chiqqan. Qanday qadrlashini tasdiqlash uchun Gallagerni xotini bilan uyiga Mar-a-Lagoga taklif qilgan. Gallager telefon xotirasini ayamasdan koʻplab suratga tushdi va ijtimoiy tarmoqlarda oliy qabul bilan maqtandi.

Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Javob hujumi. AQSH toliblarning Qandahordagi pozitsiyalari boʻylab aviazarba berdi

Biroq, kallakesarlarga boʻlgan oʻzgacha xayrixohlikdan tashqari Donald Trampning “Blekuoter” asoschisi Erik Prinsga nisbatan ayrim majburiyatlari ham bor. Prins oilasi hamisha kommunizmga qarshi ruh bilan singgan: Erik oʻz avtobiografiyasida yozgandiki, yoshligidan “oʻzi Sovet Ittifoqiga qarshi kurashishni xohlagan”. Hozirgacha u Moskva bilan raqobatchilik tarixiga shunchalik choʻmganki, oʻzining kichik, yettinchi farzandi Charlz Donovan Prinsga Markaziy razvedka boshqarmasi asoschisi Uilyam Yovvoyi Bill Donovan sharafiga nom bergan.

2016 yili esa Prins oilasi Tramp kampaniyasini moliyalashtirdi. Natijada Erikning opasi Betsi Devos taʼlim vaziri lavozimini oldi. Tramp uni oʻz muddati davomida oxirigacha qoʻllab-quvvatlagan baʼzilardan biridir. Betsi Devos taʼlim masalalari bilan hech qachon shugʻullanamagan, ammo (yaxshi oilaviy anʼanalar bilan) maktablardagi barcha oʻqituvchilarni qurollantirishni taklif qilgan.

Erik Prins shu bilan birga Tramp uchun Afgʻonistonga oid yangi strategiyani ishlab chiqqan: muntazam harbiylarning oʻrnini yollanmalar bilan toʻldirish va faqat tabiiy resurslarni qazish bilan shugʻullanish. Afgʻonistondagi resurslar trillion dollarga baholangan. Prins Britaniya Sharq-hind kompaniyasidan oʻrnak olishga chaqirdi. Aynan oʻsha kompaniya XVIII-XIX-asrlarda Xitoyga qator afyun urushini uyushtirgan edi. Gʻoya, shubhasiz, Trampga juda maʼqul tushgan.  Ammo avvaliga butun Pentagonni taslim qilish kerak edi – bu, albatta, roʻy bermadi.

Harbiylarning xususiy harbiy kompaniyalar bilan janjallari muntazam boʻlib turadi. Kongressdagi eshituvlarda brigada generali Karl Xorst aytgandi: “Bu yigitlar mamlakat boʻylab umuman tormozsiz harakat qilishadi va bemaʼnigarchiliklar sodir etishadi. Ular ustida rahbar yoʻq, hatto murojaat qilish mumkin boʻlgan kishi yoʻq. <...> Ular odamlarni oʻldirishadi, uning oqibatlariga javob berish boshqa kishilarga toʻgʻri keladi”.

Amerikanskiy bombardirovщik B-52  - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSH Eronga zarba beradimi?

Xususiylashtirish urushi faqat xususiylashtiruvchilar uchun foydali: “Blekuoter”ning har bir yollanmasi amerika soliq toʻlovchisiga kuniga 1222 dollarga toʻgʻri kelgan – AQSH QKdagi askarlarga qaragandan taxminan olti marta koʻproq.

“Blekuoter”ning faqat MRB bilan unchalik qarama-qarshilishi kuzatilmagan. “Munosabatlarimiz chuqur barodarona boʻldi. “Blekuoter” Boshqarmaning davomi boʻldi degan tuygʻu vujudga keldi”, - degandi 2009 yili MRBning yuqori lavozimli zobiti.

Prinsning oʻzi 2010 yili Abu-Dabiga joʻnab ketdi – amerika odil sudidan uzoqroqqa. Va u yerda “Reflex Responses” kompaniyasiga asos soldi, xususan, mahalliy shayx uchun bir necha ming kommandosni tayyorlash uchun. Gongongda unga “Frontier Services Group” tegishli. U Xitoyning Afrikadagi manfaatlariga xizmat koʻrsatadi.

Xitoyning eng asosiy loyihasi “Bir makon – bir yoʻl” xavfsizligini taʼminlash uchun Erik Prins kompaniyasi yollangani haqiqiy sensatsiya boʻldi. Prinsning Xitoydagi faoliyati haqidagi keng maqolada “Vashington post” 2018 yil 4 may kuni Prinsning sobiq hamkorlaridan birining soʻzlarini keltiradi: “Hozirda Frontier Services Group” 100 foiz diqqatini Bir makon – bir yoʻl” xavfsizligi va koʻmagiga qaratgan. <…> Erik Xitoyning kuchini global yiriklashtirish uchun harbiy uslubda xavfsizlikka oid xizmatlarini taklif qilmoqda”.

Vid na telebashnyu Bordj-ye Milad v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eronda yuqori martabali yadroshunos-fizik olim oʻldirildi. Hukumat AQSH va Isroilni ayblamoqda

Xususiy harbiy biznesning Pandora quttisini ochib, AQSH dunyo bozorida harbiy mojarolarni keltirib chiqardi. Xususiy armiyalar kuch ishlatishdashi anʼanaviy davlat mononoliyasiga zarar yetkazyapti. Xususiy harbiy kompaniyalar mojarolardan foyda oladi: ular oʻzlarining foydasi uchun bunday mojarolarni yaratishi va kengaytirishi mumkin, har ikki tomondan turib jang qilishi mumkin – va shunday qilishmoqda.

Rossiya bu yoʻldagi koʻp sonli xatarlarni obdon oʻrganishi darkor.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala