Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Rosselxoznadzor Fargʻona viloyatidan quritilgan meva olib kirishga ruxsat berdi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishKuraga
Kuraga - Sputnik Oʻzbekiston
Tegishli cheklov dekabr oyida keltirilgan quritilgan oʻrik partiyasida kapr qoʻngʻizi aniqlangani tufayli kiritilgan edi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Rosselxoznadzor 1 yanvardan Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan quritilgan mevalarni olib kirishga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Rosselxoznadzor 2021 yil 1 yanvaridan boshlab Rossiyaga Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidan quritilgan mevalarni olib kirishga ruxsat beradi. Xizmatning qarori Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi bilan muzokaralar natijalari va Oʻzbekiston tomonining bergan kafolatlariga asoslangan”, - deyilgan xabarda.

Tegishli cheklov dekabr oyida keltirilgan quritilgan oʻrik partiyasida kapr qoʻngʻizi aniqlangani tufayli kiritilgan edi.

Pomidorы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rosselxoznadzor Oʻzbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

Taʼkidlanishicha, endi quritilgan mevalar fitosanitariya sertifikatlarida ishlab chiqaruvchining nomi va uning manzili majburiy koʻrsatilishi bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan olib kelinayotgan quritilgan mevaning har bir partiyasiga oldindan elektron xabarnoma va mahsulotning fitosanitariya xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya bayonnomalar ilova qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala