Iqtisod

Uch viloyatda quyosh fotoelektr stantsiyasi quriladi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishSolnechnaya elektrostantsiya
Solnechnaya elektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stantsiyalari quriladi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stantsiyasi (FES) qurilishi boʻyicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishini maʼlum qildi.

“Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga koʻra aniqlanadi.

Uchinchi loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati kamida 200 MVt boʻlgan ikkita quyosh fotoelektr stantsiyalari qurilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala