Jamiyat

Qirgʻizistonda Oʻzbekiston koʻmagi bilan yana ikkita shifoxona barpo qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishApparat iskusstvennoy ventilyatsii lyogkix (IVL)
Apparat iskusstvennoy ventilyatsii lyogkix (IVL) - Sputnik Oʻzbekiston
Bishkek shahri va Chuy viloyatidagi yengil konstruktsiyali shifoxonalar Oʻzbekiston tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan va bir oyga yetmasdan qurib bitkazilgan.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning Chuy viloyatida 24 oʻrinli va Bishkekdagi Milliy gospital hududida esa 176 oʻrinli yengil konstruktsiyali shifoxonalar ochildi. Bu haqda Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

V Kыrgыzstane otkrыlas bolnitsa, postroyennaya sovmestno s Uzbekistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qirgʻizistonda Oʻzbekiston barpo qilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi ochildi

Mazkur loyihalar Oʻzbekiston tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan va bir oyga yetmasdan qurib bitkazilgan.

Tibbiyot muassasalarining ochilish marosimida Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev va Oʻzbekiston bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov ishtirok etdi.

“Oʻzbekiston pandemiya davrida Qirgʻizistonga yordam bergan ilk davlatlardan boʻladi. Qoʻshni davlatdan kislorod kontsentratorlari, respiratorlar va boshqa tibbiyot vositalari, 400 oʻrinli modul konstruktsiyalar yuborildi”, - dedi Qirgʻiziston SSV rahbari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston koʻmagi bilan Qirgʻizistonning Qadamjay tumanida 200 oʻrinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilgan va ochilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala