Jamiyat

Oʻzbekistonda karshering paydo boʻladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishKarshering
Karshering - Sputnik Oʻzbekiston
10 yanvardan karshering tashkilotlari notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazmasdan avtomobillarni 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqiga ega boʻladi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda karshering – avtomobillarni qisqa muddatli ijaraga berish xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

2021 yil 10 yanvardan karshering tashkilotlari notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoʻlovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqiga ega boʻladi.

Karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalari maxsus taniqlik belgiga ega boʻlishi shart. Avtomototransportlarni qisqa muddatli ijaraga berish boʻyicha faoliyat Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga kiritiladi.

Sborka legkovыx avtomobiley na zavode kompanii Changan v gorode Chuntsin v Kitaye. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar soni koʻpaytiriladi, 73 ta aktsiz soligʻi bekor qilinadi

Shuningdek, avtomototransport vositalarini karshering tashkilotlaridan ijaraga olgan shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligini aniqlash maqsadida mazkur tashkilotlarga “Maʼmuriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati beriladi.

Bundan tashqari, butun mamlakat boʻylab oʻrnatilgan mototransport  va velosipedda harakatlanishni taqiqlovchi yoʻl belgilari tanqidiy tahlil qilinib, tegishli harakat yoʻnalishlarida ularni olib tashlash choralari koʻriladi.

Transport vazirligi mamlakatda velosiped transporti, veloinfratuzilma, veloshering (baykshering) faoliyatini (ijaraga berish) rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala