"Birgalikda normal hayotni qayta tiklaymiz": Putin rossiyaliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishNovogodnee obrashenie prezidenta RF V. Putina
Novogodnee obrashenie prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi hali to‘liq tugamadi, kurash bir daqiqaga ham to‘xtagan emas, ammo yangi 2021-yilda hamma narsani birgalikda yengib o‘tish mumkin, dedi ishonch bilan Putin

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi yil murojaati bilan chiqish qildi.

Za prazdnichnim novogodnim stolom, 1971 god - Sputnik O‘zbekiston
Olivye va konservalar: sovetcha yangi yil dasturxoni

"Koronavirus epidemiyasi hali to‘liq to‘xtatilmagan, kurash bir daqiqaga ham to‘xtagan emas, ammo yangi 2021-yilda hamma narsani birgalikda yengib o‘tish, normal hayotni yo‘lga qo‘yish va qayta tiklash mumkin", - dedi davlat rahbari rossiyaliklarga Yangi yil murojaatida.

Birinchi bo‘lib prezidentning Yangi yil tabrigini Anadir va Petropavlovsk-Kamchatskiy aholisi tingladi, bayram u yerda Moskva vaqti bilan soat 15.00 da boshlanadi. Moskva vaqti bilan soat 16.00da prezident tabrigi Shimoliy-Kurilsk, Magadan, Janubiy-Saxalinsk aholisiga eshittiriladi, oradan bir soat o‘tib Verxoyansk, Komsomolsk-Amur, Xabarovsk, Birobidjon, Ussuriysk, Naxodka, Vladivostokda yangi yil boshlanadi. Tiksi, Mirniy, Yakutsk, Tinda, Blagoveshchensk, Chita shaharlarida yangi yil Moskva vaqti bilan soat 18: 00da, Bratsk, Irkutsk va Ulan-Udeda esa - soat 19:00 da boshlanadi.

"Bugun o‘zimizga ishonishimiz, qiyinchiliklar oldida chekinmaslik, birligimizni saqlab qolish juda muhim, bu kelajakdagi umumiy muvaffaqiyatimizning asosidir. Ishonchim komilki, biz birgalikda normal hayotni yo‘lga qo‘yamiz va qayta tiklaymiz - va yangi kuch-g‘ayrat bilan XXI asrning kirib kelayotgan uchinchi uchinchi o‘n yilligida Rossiya oldida turgan masalalarga yechim topamiz", - dedi prezident.

Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil, vaksina va YeOII: Mirziyoyev va Putin muloqoti haqida

Davlat rahbari favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari, xorijdagi qaynoq nuqtalarda bo‘lgan harbiy xizmatchilar, tinchlikparvar kuchlar, armiya va dengiz flotining jangovar raschetlari ham xuddi shunday yuqori ma’suliyat bilan eng murakkab bajarayotganiga ishonch bildirdi.

"Kechayu-kunduz xizmat qiladiganlar, har qanday vaziyatda postda turadiganlar tufayli Rossiya fuqarolari bugun o‘z yaqinlari bilan uylarida xotirjam yig‘ilishlari mumkin; eng yaxshi umid bilan va rejalar bilan Yangi yilni nishonlash, ko‘ngildan tilaklar tilaydilar", - dedi Putin va ruslarga orzu qilishni taklif etdi.

"Keling, ushbu daqiqalarda eng yorqin orzular, barcha uchun tinchlik va quvonchli kunlar haqida, bizning yonimizda, biz uchun, mamlakatimiz uchun qadrli bo‘lgan insonlar haqida orzu qilaylik. Har biringizga, biz birgalimiz uchun rahmat aytaman. Biz yonimizda turgan insonlarning ishonchli yelkasini his qilsakkina, Rossiya yagona katta oilaga aylanadi", - dedi prezident rossiyaliklarga qilgan murojaatida.

Putin barchaga mustahkam sog‘lik, ishonch, muhabbat va baxt tiladi.

Yangiliklar lentasi
0