Madaniyat

"Sahrodagi Luvr" asoschisi - Savitskiy haqida turkum kitoblar nashr etiladi - Saida Mirziyoyeva

© Press-slujba Obщestvennogo fonda podderjki i razvitiya natsionalnыx massmediaV Nukuse polnыm xodom idet realizatsiya proyekta po sozdaniyu serii knig o nasledii Igorya Vitalyevicha Savitskogo.
V Nukuse polnыm xodom idet realizatsiya proyekta po sozdaniyu serii knig o nasledii Igorya Vitalyevicha Savitskogo. - Sputnik Oʻzbekiston
2021 yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bagʻishlangan "Savitskiy: buyuk kollektsioner tarixi"ni koʻrishimiz mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Nukusda — Igor Vitalyevich Savitskiy merosi haqida turkum kitoblarni tayyorlash ustida ish qizgʻin ketmoqda, deb xabar qildi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva.

Direktor muzeya imeni Savitskogo Tigran Mkrtыchev - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Avvalo - reviziya: Tigran Mkrtыchev Nukusdagi Savitskiy muzeyi kelajagi haqida

Taʼkidlanishicha, loyiha Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Assouline Publishing nashriyoti tomonidan amalga oshirilmoqda.

"Muzey eksponatlarini suratga olish maqsadida Nukusga noshir Yaffa Assulin va fotograf Garald Gottshlakning tashrifi uyushtirildi va biz jarayon bilan tanishdik. 2021 yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bagʻishlangan "Savitskiy: buyuk kollektsioner tarixi"ni koʻrishimiz mumkin boʻladi. Muzey zaxirasida saqlanayotgan xazinaning keng jamoatchilikka taqdim etilishi tasviriy sanʼat ixlosmandlari uchun haqiqiy sovgʻa boʻlishi shubhasiz. Jahon madaniyatining ushbu merosi yurtimizda joylashgani bizning baxtimizdir. "Sahrodagi Luvr"
nomi bilan mashhur Savitskiy muzeyi noyob va betakrordir, uning boy kollektsiyasini butun dunyo koʻrishi lozim", - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat sanʼat muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtыchev Savitskiy muzeyi direktorligiga oʻtkazilgan ochiq tanlovda gʻolib deb topilgani va u 2021 yil 2-yanvardan oʻz vazifasiga kirishishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala