"Sahrodagi Luvr" asoschisi - Saviskiy haqida turkum kitoblar nashr etiladi - Saida Mirziyoyeva

© Press-slujba Obshestvennogo fonda podderjki i razvitiya natsionalnix massmediaV Nukuse polnim xodom idet realizatsiya proyekta po sozdaniyu serii knig o nasledii Igorya Vitalyevicha Saviskogo.
V Nukuse polnim xodom idet realizatsiya proyekta po sozdaniyu serii knig o nasledii Igorya Vitalyevicha Saviskogo. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bag‘ishlangan "Saviskiy: buyuk kolleksioner tarixi"ni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Nukusda — Igor Vitalyevich Saviskiy merosi haqida turkum kitoblarni tayyorlash ustida ish qizg‘in ketmoqda, deb xabar qildi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

Direktor muzeya imeni Saviskogo Tigran Mkrtichev - Sputnik O‘zbekiston
Avvalo - reviziya: Tigran Mkrtichev Nukusdagi Saviskiy muzeyi kelajagi haqida

Ta’kidlanishicha, loyiha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Assouline Publishing nashriyoti tomonidan amalga oshirilmoqda.

"Muzey eksponatlarini suratga olish maqsadida Nukusga noshir Yaffa Assulin va fotograf Garald Gottshlakning tashrifi uyushtirildi va biz jarayon bilan tanishdik. 2021 yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bag‘ishlangan "Saviskiy: buyuk kolleksioner tarixi"ni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Muzey zaxirasida saqlanayotgan xazinaning keng jamoatchilikka taqdim etilishi tasviriy san’at ixlosmandlari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘lishi shubhasiz. Jahon madaniyatining ushbu merosi yurtimizda joylashgani bizning baxtimizdir. "Sahrodagi Luvr"
nomi bilan mashhur Saviskiy muzeyi noyob va betakrordir, uning boy kolleksiyasini butun dunyo ko‘rishi lozim", - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat san’at muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtichev Saviskiy muzeyi direktorligiga o‘tkazilgan ochiq tanlovda g‘olib deb topilgani va u 2021 yil 2-yanvardan o‘z vazifasiga kirishishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0