Dunyoda

Markaziy Osiyo rahbarlari Yangi yil tabrigida nimalarga eʼtibor qaratishdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 2021 yil ostonasida oʻz xalqlariga qanday tilaklar bildirganlari haqida - Sputnik obzorida
TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Yangi yil ostonasida davlat rahbarlari oʻtgan yil yakunlariga toʻxtalib, istiqboldagi rejalarni belgilaydilar yoki shunchaki, xalqni ayyom bilan muborakbod etadilar.
Yangilanayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi prezidentlari oʻz fuqarolariga Yangi yil ostonasida qanday tilaklarni bildirishdi?

Oʻzbekiston: milliy yuksalish poydevorini yaratishga qaratilgan ishlar qatʼiy davom ettiriladi

Xalqlar doʻstligi - bu shunchaki oddiy gap emas. Aynan xalqlarning jipsligi, doʻstligi tufayli Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan Gʻalaba qozonilgan. 2020 yilda ham dunyo mamlakatlari boshiga yopirilgan ofat - koronavirus pandemiyasi xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan hamkorlik naqadar muhimligini koʻrsatib berdi.
Moskva v preddverii Novogo goda - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqi va prezidentini dunyo mamlakatlari yetakchilari qutlamoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil ostonasida nuroniylar, xotin-qizlar, navqiron yoshlar bilan birgalikda koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻllar ekan, Yangi yilning asosiy vazifasi yurtda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va elatlar oʻrtasidagi totuvlikni, oʻzaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash boʻlishini qayd etdi.
Koronavirus pandemiyasi dunyo qatori Oʻzbekiston uchun ham ogʻir va murakkab keldi. Mirziyoyev global inqiroz insoniyatni jiddiy sinovdan oʻtkazayotganini aytdi. "Ammo shunday murakkab vaziyatga qaramasdan, mard va olijanob Oʻzbekiston xalqining matonati, fidokorona mehnati bilan barcha sohalarda katta oʻzgarishlar amalga oshirilgan", - dedi davlat rahbari.
2020 yil jamiyat maʼnaviy-maʼrifiy hayotida ham muhim voqealarga boy boʻlgani qayd etildi: xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qoʻshnilar bilan doʻstlik va hamkorlik yanada kuchaygan. Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
Za prazdnichnыm novogodnim stolom, 1971 god - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Olivye va konservalar: sovetcha yangi yil dasturxoni
2021 yil Oʻzbekistonda "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb eʼlon qilingan. Shu bois, prezident taʼkidiga koʻra, yoshlar, xotin-qizlar, keksa kishilarning hayotiy manfaatlarini taʼminlash eʼtibor markazida boʻladi. Sogʻliqni saqlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yangi bosqichga koʻtariladi.
Yangi yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda boshlagan keng koʻlamli islohotlar izchil davom ettiriladi. 
Xalqning turmush farovonligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.
2021 yilda davlat mustaqilligiga 30 yil toʻladi. Prezident yana bir bor ushbu shonli sana munosib nishonlanishini taʼkidladi. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, milliy yuksalish poydevorini yaratishga qaratilgan ulkan ishlar qatʼiy davom ettiriladi, deb vaʼda berdi Mirziyoyev.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu yil Yangi yilga tabrik murojaatni ikki tilda: rus va oʻzbek tillarida yoʻlladi. Prezidentning ikki tildagi chiqishi oʻzbek segmentidagi jurnalistlar, bloger va faol foydalanuvchilar orasida turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Tojikiston: prezident xalqni elektr energiyasini tejashga va fidoyilik bilan mehnat qilishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon oʻz bayram murojaatini pandemiya oqibatlari haqidagi gaplar bilan boshladi. 2020 yil insoniyat tarixida eng murakkab davr sifatida muhrlanishini taʼkidladi. Rahmon koronavirus pandemiyasi milliondan ziyod insonlar hayotini olib ketganini, jahon iqtisodiyotiga qaqshatkich zarba berganini qoʻshimcha qildi. Ammo, Tojikiston oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli pandemiya oqibatlarini yumshatishga muvaffaq boʻlgan.
Sarezskoye ozero v gorax Pamira. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ekologlar: Tojikistonning Sarez koʻli toʻrtta davlatga xavf solmoqda
2020 yilda mamlakat Hukumati mavjud resurslarni fuqarolarning munosib hayot kechirishlari uchun qulay sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirgan.
Tojikiston prezidenti ham Oʻzbekiston prezidenti kabi 2021 yilda buyuk ayyom - mamlakat Mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishiga eʼtibor qaratdi.
"Ishonchim komilki, vatanparvar va doimo bunyodkorlik sari intilayotgan xalq ushbu tarixiy va taqdirli sanani tojik davlati uchun muhim yutuqlar bilan kutib oladi", - dedi Emomali Rahmon.
Tojikiston yetakchisi oʻz tabrik-murojaati davomida xalqni elektr-energiyasi boʻyicha tejamkorlikka chaqirdi. "Mulk shaklidan qatʼiy nazar har bir oila, har bir tashkilot va muassasa, har bir korxona va tsexda qishda elektr energiyasidan tejamkor va oqilona foydalanishga ustuvor ahamiyat bering", - dedi yetakchi.
Linii elektroperedach v okrestnostyax sela Partizanskoye v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tojikiston Oʻzbekiston va Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatmoqda
Tojikiston prezidenti qator mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan BMTning yetakchi ekspertlari tahlillariga tayangan holda 2021 yilda sayyora miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan oxirgi 100 yilda eng murakkab yillardan biri boʻlishini qayd etdi.
Shu bois, Rahmon, bahorgi ekin ishlariga hozirdan har tomonlama tayyorgarlik koʻrish lozimligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosildorligi uchun sifatli urugʻlardan foydalanish masalalariga eʼtibor qaratishga chaqirdi. Oziq-ovqat narxlari koʻtarilib ketmasligi, mahsulotlar taqchilligi muammosiga duch kelmasligi uchun bu yil fidoyilik bilan mehnat qilishimiz lozim, dedi xalqqa murojaatida Tojikiston yetakchisi.

Qirgʻiziston: prezidenti v.b. oʻz xalqi oldida uzr soʻradi

Davlat rahbari vazifasini bajaruvchi Talant Mamыtov Yangi yil murojaati bilan chiqish qilar ekan, yil murakkab kelganiga urgʻu berdi.
U shuningdek, qirgʻizistonliklardan pandemiya vaqtidagi voqealar va iqtisodiyotdagi pasayishlar uchun uzr soʻradi.
"Hech bir davlat pandemiyaga tayyor emasdi, shu jumladan biz ham", - dedi koronavirus tufayli oʻz yaqinlaridan judo boʻlgan oilalarga hamdardlik izhor qilar ekan, Qirgʻiziston prezidenti v.b.
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya elchisi: Oʻzbekiston YEOIIga aʼzoligi - mustaqillik yoʻqotilishiga olib kelmaydi
Mamыtov yil murakkab kelganini qayd etdi. Mamlakat rahbari vazifasi bajaruvchisining fikricha, turli bahslar, kelishmovchiliklar, xalq namoyishlari faqat bu yil emas, balki oʻn yillik davomida sodir boʻlib kelgan.
Ammo, hamma bitta narsani - gullab-yashnayotgan Qirgʻizistonni koʻrishni istaydi, dedi Mamыtov.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻizistonda 2020 yilda koronavirus infektsiyasidan 1 356 kishi qurbon boʻlgan. 

Turkmaniston: davlat - fuqarolar uchun

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov turkmanistonliklarni Yangi yil bilan qutlar ekan, sharq taqvimiga murojaat qildi.
Prezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov pribыl v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gurbanguli Berdimuhamedov Moskvaga Gʻalaba paradiga kelishdan bosh tortdi
"Turkmanlarning sevimli jonivorlaridan biri bu sigirdir va bu bejiz emas, buning mazmuni shundaki, inson oʻzini boqadigan uy-hayvonlariga chin dildan munosabatda boʻladi. Sigir boquvchi oila ehtiyoj neligini bilmaydi, chunki u uyga boylik olib keladi. Shu sababli, Sigir yilisha farovonlik keltiradigan yil deb qaraladi", - dedi Berdimuhamedov.
2020 yil Berdimuhammedovning taʼkidlashicha, milliy iqtisodiyotda stabillikni saqlab qolishga muvaffaq boʻlingan.
Ayni vaqtda Turkmanistonda xalqaro ahamiyatga molik qator loyihalar amalga oshirilmoqda, bu loyihalar mamlakatni mintaqaviy va mintaqalararo transport-kommunikatsiya tizimining yangi muhim boʻgʻiniga aylantiradi, deb qayd etdi Turkmaniston prezidenti.
Milliy parlamentning yangi, ikki palatali tizimiga oʻtish Turkmaniston huquqiy bazasini mustahkamlashi haqida toʻxtalindi.
V stolitse Turkmenistana otkrыli monument velosipedu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Berdimuhamedov Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi
Millatga Yangi yil murojaatida Turkmaniston prezidenti xalq sogʻligʻi muhofazasi va baxtli hayotini taʼminlashda sport va jismoniy tarbiya katta ahamiyatga egaligini qayd etdi.
Berdimuhammedov Turkmanistonda yoshlarning munosib taʼlim olishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlar yaratilayotganiga eʼtibor qaratdi. Turkmaniston yoshlarining zamonaviy kasblarni egallashi, raqamli texnologiyalarni oʻrganishi davlat siyosatining eng ustuvorliklaridan biri sanaladi.
Turkmaniston yetakchisi Yangi yildagi nutqida tashqi siyosatga ham yetarlicha ahamiyat qaratdi: Turkmaniston bu borada neytral-huquqiy maqomga tayanishini taʼkidlab oʻtdi.
2020 yilda Turkmaniston neytralitetining 25 yilligi keng nishonlandi.
Prezident Gurbanguli Berdimuhameov yangi yilda Turkmaniston mustaqilligi eʼlon qilinganiga 30 yil toʻlishini esga oldi.
"Biz davlatimiz suveren rivojlanishining ushbu shonli sanasini tarixiy voqealar va bayram tantanalari bilan belgilab, keng nishonlaymiz", - dedi u.

Qozogʻiston: biz yangi chaqiriqlarga qarshi tura oldik!

Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Yangi yil kirib kelishi arafasida yoʻllagan tabrigi avvalida 2020 yil eng ogʻir sinovlar, dramatik hodisalar sodir boʻlgan yil sifatida tarixda qolishini qayd etdi.
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tokayev Rossiyani Qozogʻiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi, deb atadi
Ammo, Tokayevning aytishicha, umumiy urinishlar bilan iqtisodni sinishdan saqlab qolishga muvaffaq boʻlingan.
Ishlab-chiqarish qishloq xoʻjaligi sohalarida yaratuvchanlik salohiyati saqlab qolingan.
"Biz yangi chaqiriqlar hujumiga dosh berdik. Qatʼiylik va hamjihatlikni namoyon etdik, eng qiyin sharoitlarda nafaqat kundalik vazifalarni hal qilish, balki mamlakatning izchil rivojlanishini taʼminladik. Shunday ekan, xalqimiz ushbu qiyin yilda erishgan yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkin", - dedi Tokayev.
Prezident soʻzlariga koʻra, qozogʻistonliklar shunchaki navbatdagi yangi yilga qadam qoʻymayapti. Yangi dunyo, yangi davrga qadam qoʻyilmoqda. Mavjud barcha qiyinchiliklarga qaramay, Qozogʻiston kelajakka ishonch bilan qaramoqda va faqat oldinga harakatlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala