Mehribonlik uyida suratga olingan "Yo‘qolsin kalamushlar" videosi yuzasidan axborot berildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu videotasvir "bizga boshqa rahbar kerak emas" deb Abdurasul Akmalovning direktor vazifasiga qaytishini so‘rayotgan texnik xodimlar tomonidan suratga olingan.
TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘tgan yilning yakuni30 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bo‘ka tumani 15-sonli mehribonlik uyidagi "Yo‘qolsin kalamushlar" mavzusida videotasvir yuzasidan Toshkent viloyat XTB munosabat bildirdi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga oid anonim murojaatlar ham ko‘rilib chiqiladi
Xabarga ko‘ra, ushbu holat Toshkent viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, Bo‘ka tumani hokimligi, jamoatchilik vakillari tomonidan joriy yilning 31-dekabr kuni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi: mazkur videotasvirdagi holat Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyida 2020-yil 14-dekabrda direktor vazifasini vaqtincha bajarish vazifasi yuklatilgan Abdurasul Akmalovni vazifasidan ozod qilish bo‘yicha Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining buyrug‘i bilan mehribonlik uyi jamoasi tanishtirilayotgan vaqtda joriy yilning 24-dekabr kuni ro‘y bergan.
Ushbu videotasvir "bizga boshqa rahbar kerak emas" deb Abdurasul Akmalovning direktor vazifasiga qaytishini so‘rayotgan texnik xodimlar tomonidan suratga olingan.
Akmalov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimidan ozod qilish haqida yozgan o‘z arizasiga ko‘ra Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2020-yil 23-dekabr kuni vazifasidan ozod qilingan.
Baxadir Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo sentra protivodeystvii korrupsii Akademii Genprokuraturi RUz - Sputnik O‘zbekiston
Ismoilov: bugungi kunda korrupsiyani yashirish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi
Shuningdek, Akmalov 2013-2016 yillarda mazkur mehribonlik uyi direktori vazifasida faoliyat olib borganligi hamda rahbarlik faoliyati davomida moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli 2017-yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra aybdor deb topilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mehribonlik uyida 137 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
2020 yil 31-dekabr kuni homiylar tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berilib, bayram dasturxoni tashkil etildi.
Bugungi kunda mehribonlik uyi direktori vazifasini vaqtincha bajarish Bo‘ka tumani xalq ta’limi bo‘limi bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha mutaxassis U.Urunovaga yuklatilgan.
Toshkent viloyati halq ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan muassasaning ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoit, pedagogik jamoa orasidagi muhit o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
Yangiliklar lentasi
0