Roskosmos kosmonavtlari Yer aholisini Yangi yil bilan tabriklashdi

Obuna bo‘lish
Kosmonavtlar 2020-yil Xalqaro kosmik stansiiya uchun yubiley yili bo‘lganini ta’kidlab, Rossiya va dunyoning jamiki aholisiga "o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling", deya tilak bildirdilar
Roskosmos fazogirlari va MKS-64 ekspeditsiyasi a’zolari - komandir Sergey Rijikov va bortmuhandis Sergey Kud-Sverchkov - Yer aholisini Yangi yil bilan tabrikladilar.
Sergey Kud-Sverchkov ortda qolayotgan 2020-yil Xalqaro kosmik stansiyasi uchun yubiley yil bo‘lganini ta’kidladi. Sergey Rijikov, o‘z navbatida Rossiya va butun dunyo aholisiga o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling, deya tilak bildirdi.
"Sog‘-omon bo‘ling, bir-biringizga e’tiborli bo‘ling, birga bo‘ling. Bu eng asosiysi, chunki biz hammamiz birgalikda barchasini yengamiz", - deya xotima qildi kapitan.
MKS-64 ekspeditsiyasi tarkibiga NASA astronavti Ketlin Rubens ham kiradi. MKS-64 missiyasi 177 kun davom etadi va 2021-yilning 9-aprelida yakunlanishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0