Oʻzbekistonda 1 yanvar kuni qancha chaqaloq tugʻildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishRebenok v roddome
Rebenok v roddome - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi yilning birinchi kuni tugʻilgan chaqaloqlarning 564 nafari oʻgʻil bola, 522 nafari esa qiz bola boʻlib, eng koʻp bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi
TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. 2021 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Novorojdennыy. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
2021 yilning birinchi kunida dunyoga kelgan bolalar 22 asrda yashaydi
Yangi yilning birinchi kuni tugʻilgan chaqaloqlarning 564 nafari oʻgʻil bola, 522 nafari esa qiz bola boʻlib, eng koʻp bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.
Shuningdek, yangi tugʻilgan chaqaloqlar reytingi boʻyicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Fargʻona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.
Tugʻilganlarning 5 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni 1708 nafar, 2020 yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala