https://oz.sputniknews-uz.com/20210101/zbekistonda-yirik-shaarlarning-ifasi-tubdan-zgartiriladi-15715742.html
Oʻzbekistonda yirik shaharlarning qiyofasi tubdan oʻzgartiriladi
Oʻzbekistonda yirik shaharlarning qiyofasi tubdan oʻzgartiriladi
2025 yilgacha yirik shaharlarda real vaqtning oʻzida bir necha video oqimlarini parallel ravishda qayta ishlashga qodir boʻlgan va markazdan turib shaharlarning barcha... 01.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-01T10:05+0500
2021-01-01T10:05+0500
2021-01-01T10:05+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/602/93/6029336_4:0:1595:900_1920x0_80_0_0_a65ee2f9021918ecde3da1786629c103.jpg
TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020-2025 yillarda yirik shaharlar qiyofasi tubdan oʻzgartiriladi. Xususan, aholi soni tobora oʻsib borayotgan shahalar hududi, qoʻshni aholi yashash punktlari (aglomeratsyalar) hisobiga kengaytirilib, shaharlar infratuzilmasi optimallashtiriladi.Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, transport, ichki ishlar, axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan birgalikda "Aqlli shahar" va "Xavfsiz shahar" dasturlari doirasida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Qarshi shaharlarida:shaharlarga kiruvchi va chiquvchi demografik va transport oqimini hisobini yurituvchi;shaharlarda harakatlanuvchi aholi va transport vositalarining qatnovini nazorat qiluvchi;qoidabuzarliklarni yuqori maksimal ravishda aniqlab, qoidabuzarlar, shahar osoyishtaligiga xavf soluvchi va muayyan qidiruv ostida boʻlgan jismoniy shaxslar va transport vositalarini aniqlab markazga habar berish qobiliyatiga ega;shaharlardagi barcha avtoturargohlar faoliyatini optimallashtiruvchi, yoʻllardagi va yoʻl chetlaridagi avto qoidabuzarliklarni avtoraqamlar orqali aniqlash mexanizmini takomillashtiruvchi;shaharlardagi barcha davlat va mahalliy boshqaruv idoralari, bozorlar va saylgohlari va odamlar koʻp toʻplanadigan kontsert zallari, muzeylar va teatrlarga tashrif buyuruvchilar haqida maʼlumot (jinsi, yoshi, tashriflar soni, kirish vaqti, ketish vaqti, ketish vaqti, kelish vaqti va hk.) toʻplash imkoniyatiga ega;real vaqtning oʻzida bir necha video oqimlarini parallel ravishda qayta ishlashga qodir boʻlgan va markazdan turib shaharlarning barcha nuqtalarini bir vaqtning oʻzida nazorat qilish qobiliyatiga ega intellektual server platformalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyiladi.Shuningdek, yirik shaharlarga boʻlgan demografik yukni qisqartirish maqsadida yoʻldosh shaharlar tizimini shakllantirish va ularni rivojlantirish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish va ularni oʻz vaqtida amalga oshiriladi."Talabalar shaharchasini" shakllantirish maqsadida mavjud oliy taʼlim muasassalarni yirik shaharlar chekkasi hududiga koʻchirish va u yerda yangi oliy taʼlim muasassalarni barpo etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻriladi.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A. Ramatov, Bosh vazirining oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. Kuchkarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlari xokimlari zimmasiga yuklatilgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20201215/Yakhshi-khabar-utistonda-alli-ishlo-paydo-bladi-15604320.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20200730/Alli-urilmalar-nida-nega-tilga-erk-bermaslik-kerak--ekspert-izoi-14657886.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20191120/zbekistonda-Alli-suv-tizimi-achon-ishga-tushishi-malum-bldi-12835712.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/602/93/6029336_84:0:1515:900_1920x0_80_0_0_d367aaca375801e9479c78c9c41fe701.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Oʻzbekistonda yirik shaharlarning qiyofasi tubdan oʻzgartiriladi
2025 yilgacha yirik shaharlarda real vaqtning oʻzida bir necha video oqimlarini parallel ravishda qayta ishlashga qodir boʻlgan va markazdan turib shaharlarning barcha nuqtalarini bir vaqtning oʻzida nazorat qilish qobiliyatiga ega intellektual server platformalari joriy etiladi
TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020-2025 yillarda yirik shaharlar qiyofasi tubdan oʻzgartiriladi. Xususan, aholi soni tobora oʻsib borayotgan shahalar hududi, qoʻshni aholi yashash punktlari (aglomeratsyalar) hisobiga kengaytirilib, shaharlar infratuzilmasi optimallashtiriladi.
Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, transport, ichki ishlar, axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan birgalikda "Aqlli shahar" va "Xavfsiz shahar" dasturlari doirasida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Qarshi shaharlarida:
shaharlarga kiruvchi va chiquvchi demografik va transport oqimini hisobini yurituvchi;
shaharlarda harakatlanuvchi aholi va transport vositalarining qatnovini nazorat qiluvchi;
qoidabuzarliklarni yuqori maksimal ravishda aniqlab, qoidabuzarlar, shahar osoyishtaligiga xavf soluvchi va muayyan qidiruv ostida boʻlgan jismoniy shaxslar va transport vositalarini aniqlab markazga habar berish qobiliyatiga ega;
shaharlardagi barcha avtoturargohlar faoliyatini optimallashtiruvchi, yoʻllardagi va yoʻl chetlaridagi avto qoidabuzarliklarni avtoraqamlar orqali aniqlash mexanizmini takomillashtiruvchi;
shaharlardagi barcha davlat va mahalliy boshqaruv idoralari, bozorlar va saylgohlari va odamlar koʻp toʻplanadigan kontsert zallari, muzeylar va teatrlarga tashrif buyuruvchilar haqida maʼlumot (jinsi, yoshi, tashriflar soni, kirish vaqti, ketish vaqti, ketish vaqti, kelish vaqti va hk.) toʻplash imkoniyatiga ega;
real vaqtning oʻzida bir necha video oqimlarini parallel ravishda qayta ishlashga qodir boʻlgan va markazdan turib shaharlarning barcha nuqtalarini bir vaqtning oʻzida nazorat qilish qobiliyatiga ega intellektual server platformalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, yirik shaharlarga boʻlgan demografik yukni qisqartirish maqsadida yoʻldosh shaharlar tizimini shakllantirish va ularni rivojlantirish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish va ularni oʻz vaqtida amalga oshiriladi.
"Talabalar shaharchasini" shakllantirish maqsadida mavjud oliy taʼlim muasassalarni yirik shaharlar chekkasi hududiga koʻchirish va u yerda yangi oliy taʼlim muasassalarni barpo etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻriladi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A. Ramatov, Bosh vazirining oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. Kuchkarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlari xokimlari zimmasiga yuklatilgan.