Tramp grin-kartalarga vaqtinchalik taʼqiqni uzaytirdi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishPrezident SSHA Donald Tramp na vstreche s liderami YES v Bryussele, arxivnoye foto
Prezident SSHA Donald Tramp na vstreche s liderami YES v Bryussele, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amerika prezidenti oʻz harakatlarini koronavirus infektsiyasi pandemiyasi iqtisodiy oqibatlari fonida amerikaliklar uchun ish joylarini saqlab qolish istagi bilan izohladi.
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp qator kategoriyadagi vizalar va aksariyat grin-kartlar uchun vaqtinchalik taʼqiqni uzaytirdi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi
Yangi qarorga koʻra, 2020 yilning aprelida kiritilgan va iyun oyida kengaytirilgan viza cheklovlari yana uch oyga - 2021 yilning 31 martiga qadar uzaytirilgan.
Bunda gap, xususan, H-1B, H-2B, H-4, L immigratsiya va ish vizalari hamda AQShda ishlash huquqini beruvchi gap J kategoriyasidagi aksariyat hujjatlarning berilishi toʻxtatilishi haqida bormoqda.
Ushbu qarorga izoh berar ekan, Tramp, cheklovlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul vaqtida ish joylari uchun raqobatning oldini olish uchun zarurligini aytgan.
"COVID-19ning amerika mehnat bozori va aholi salomatligiga taʼsiri avvalgidek tashvishlantirmoqda", - deb yozgan Tramp oʻz bayonotida.
Tramp imzolagan qaror viza lotereyasi oʻtkazilishiga vaqtinchalik taʼqiqni saqlab qoladi. Hujjatga muvofiq, aksariyat kategoriyaga tushuvchi arizachilarga grin-karta berilishi vaqtincha taʼqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0