Oʻzbekiston va Tojikiston avia-parvozlarni qayta tiklamoqda

© AFP 2018 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida avia-parvozlar qayta tiklanishi maʼlum boʻldi. Birinchi reys joriy yilning 5 yanvarida amalga oshirilishi aytilmoqda
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida avia-parvozlar qayta tiklanmoqda, bu haqda Uzbekistan Airways matbuot-xizmati xabar berdi.
2021 yilda ilk charter reys 5 yanvar kuni amalga oshiriladi.
Tashuvchining aniqlik kiritishicha, samolyot Toshkent - Dushanbe – Toshkent marshruti boʻyicha parvozni amalga oshiradi.
Aniqlik kiritilishicha, Toshkentdan samolyot mahalliy vaqt bilan 09:30da uchadi va Dushanbega 10:30 yetib boradi. Dushanbedan ortga qarab 12da uchadi va Oʻzbekiston poytaxtiga 13.00da uchib keladi.
Eslatib oʻtamiz, Tojikiston va Oʻzbekiston poytaxtlari oʻrtasida avia-parvozlar oʻtgan yilning 16 mart sanasida toʻxtatilgan edi.
Ayni vaqtda, Tojikiston boshqa mamlakatlar, xususan, Rossiya bilan avia-qatnovlarni qayta tiklash boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala