Jamiyat

Bir hafta ichida Oʻzbekistonga aviareyslarda kelgan 21 yoʻlovchida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistan vozvraщayet charternыmi reysami zastryavshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa
Uzbekistan vozvraщayet charternыmi reysami zastryavshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻnggi bir hafta davomida Oʻzbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yoʻlovchilar kirib kelgan.
TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Soʻnggi bir haftada Oʻzbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yoʻlovchi kirib kelgan boʻlsa, shulardan 21 nafarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi “Uzbekistan Airports” maʼlumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Kompaniya 2020 yil 25 dekabrdan boshlab, Oʻzbekistonga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 55-sonli bayoniga muvofiq, mamlakatga kirib kelayotgan barcha shaxslarning oʻz hisobidan chegara punkti hududida koronavirus antigenini aniqlash uchun ekspress test olish tartibi joriy qilinganini eslatgan.
Testirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin kamaymoqda
Maʼlum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test olish jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan “Tibbiyot dunyosi” MCHJ amalga oshirmoqda. Ekspress test narxlari  mazkur tashkilot oʻrnatgan taʼriflarga binoan 25-28 dekabrga qadar 150 ming soʻmdan, 28 dekabrdan to bugungacha 95 ming soʻm, talabar uchun 50 ming soʻm miqdorida belgilangan.
“Maxsus komissiya koʻrsatmasiga koʻra, aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi olinadi, Oʻzbekistonga uchib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga shtrix kodlarini qoʻyish orqali maʼlum qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Oʻzbekistonga kirib kelayotganlar COVIDga ekspress-test topshiradi
Virus aniqlangan holatda SES mutaxassislari fuqarolarni tegishli hududdagi koronavirus infektsiyasini davolashga ixtisoslashgan muassasalarga joylashtiradi yoki uy sharoitida davolanishga yoʻnaltiradi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga koronavirus va yangi shtammining kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan ushbu chora-tadbirlarda PZR-testining manfiy natijasi toʻgʻrisida yoʻlovchilarda tahlil natijalari mavjudligidan qatʼiy nazar ulardan tegishli tartibda majburiy ekspress test olinishi belgilab qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala