Italiyada Yangi yil kechasida yuzlab qushlar halok bo‘ldi – video

Obuna bo‘lish
Odatda qushlar tunaydigan yashil hududda Yangi yil kechasida petardalar otilib, mushakbozlik uyushtirildi. Qushlar qo‘rquvdan o‘zini yo‘qotib qo‘yib halok bo‘lgan.
Rimda Yangi yil kechasida yuzlab qushlar bayram sharafiga uyushtirilgan mushakbozlikdan so‘ng yurak xuruji tufayli halok bo‘ldi.
Videoda yerda o‘nlab parrandalar, aksariyati chug‘urchiqlar, yotganini ko‘rish mumkin. Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning o‘limi salyutlar ovozining balandligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.
“Ehtimol, ular qo‘rquv tufayli o‘lgan. Ular bir-biriga to‘qnashib, derazalardan ichkariga kirishi yoki elektr uzatish tarmoqlariga o‘zini urishlari mumkin. Shuningdek, ular yurak xurujidan o‘lgan bo‘lishi mumkinligini ham esdan chiqarmaylik", - degan tashkilot matbuot kotibi Loredanu Diglio.
Aytgancha, bu yil Rimda koronavirus pandemiyasi sabab mushakbozlik taqiqlangan edi, ammo bu cheklov e’tiborga olinmagan.
Yangiliklar lentasi
0