O‘zbekiston tarixida ilk bor qor polosi bo‘yicha bahs o‘tkazildi

© NOK UzbekistanaVpervie v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu
Vpervie v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Amirsoy” dam olish maskanida qor polosi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahs dengiz sathidan 1820 metr balandlikda o‘tkazildi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” dam olish maskanida qor polosi bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.
O‘zbekiston polo federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston polo, zamonaviy beshkurash hamda yilqichilik va ot sporti federatsiyalari raisi Bahromjon Gaziyev, shuningdek, bir qator sport federatsiya va assotsiatsiyalar mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
© NOK UzbekistanaVpervie v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu
Vpervie v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu - Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, ushbu bahs dengiz sathidan 1820 metr balandlikda o‘tkazildi. Qiziqarli kurashlarga boy bo‘lgan “Universal jumping” hamda “Amirsoy” jamoalari o‘rtasida bahs 5:2 hisobida ot sporti klubi vakillarining foydasiga hal bo‘ldi.
Bellashuvni xalqaro toifadagi hakam Ziri Abdul Kamol boshqarib bordi. “Amirsoy” jamoasi sharafini Milliy Gvardiya qoshidagi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilari himoya qilishdi.
© NOK UzbekistanaVpervie v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu
Vpervie v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu - Sputnik O‘zbekiston
Qor polosi ilk bor 1985-yil Shveysariyaning Sankt-Morris shahrida muzlagan ko‘l ustida tashkil qilingan edi. O‘shanda o‘yin ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgach, qish faslida ham polo bahslarini tashkil qilish an’ana tusiga kira boshladi. Hozirda Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alarida qor polosi uchrashuvlari o‘tkazib kelinadi.
Yangiliklar lentasi
0