Ayrim joylarda -17 darajagacha sovuq: O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishZima
Zima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltirishini prognoz qilishmoqda.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo sharoitini markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antisiklon periferiyasi belgilamoqda.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi.
Kechalari sovuq 5-10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12-17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi.
Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Yangiliklar lentasi
0