Sport

Eldor Shomurodovning golli uzatmasi “Jenoa”ni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi

© AFP / FILIPPO MONTEFORTEForvard "Djenoa" Eldor Shomurodov vo vremya matcha
Forvard Djenoa Eldor Shomurodov vo vremya matcha - Sputnik Oʻzbekiston
“Jenoa” oʻz maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan Eldor Shomurodov golli uzatmani amalga oshirdi
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Kecha, 3 yanvar kuni futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 15- turidan oʻrin olgan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
“Jenoa” oʻz maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Mazkur oʻyinda oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 2-boʻlimda maydonga tushdi. Bungacha rimliklar oʻyinda hisobda oldinga (0:1) chiqib olishgan edi.