Hodisalar

Samarqanddagi maktab qozonxonasi portlashi oqibatida bir erkak halok boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand shahridagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi qozonxonasining isitish tizimidagi chaqnash qozonxona nazoratchisining oʻlimiga sabab boʻldi.
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Samarqand shahridagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi qozonxonasining isitish tizimida chaqnash sodir boʻldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Sotrudnik MCHS  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent viloyatida gaz portlashi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi
Hodisa 2021 yilning 2 yanvar kuni taxminan soat 00:20 da sodir boʻlgan. Chaqnash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat boʻlimiga yotqizilgan.
Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala