Samarqanddagi maktab qozonxonasi portlashi oqibatida bir erkak halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozonxonasining isitish tizimidagi chaqnash qozonxona nazoratchisining o‘limiga sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Samarqand shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozonxonasining isitish tizimida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Sotrudnik MChS  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida gaz portlashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi
Hodisa 2021-yilning 2-yanvar kuni taxminan soat 00:20 da sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bo‘limiga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangiliklar lentasi
0