Hodisalar

Toshkentda bir guruh fuqaro IIB xodimlariga oʻtkir tigʻli jismlar bilan qarshilik koʻrsatdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston
YPX xodimining toʻxtash ishorasiga boʻysunmagan “Matiz” haydovchisi Qatortol koʻchasida boshqaruvni yoʻqotgan. Avtomobil beton toʻsiq ustiga chiqib toʻxtagan. Avtomashinada boʻlgan 4 nafar fuqaro organ xodimlariga qarshilik koʻrsatgan.
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Bir necha fuqarolar IIB xodimlariga qarshilik koʻrsatmoqda” sarlavhali xabar yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 2020 yilning 31 dekabridan 2021 yilning 1 yanvar kuniga oʻtar kechasi soat 04:00 larda sodir boʻlgan. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy koʻchasida “Matiz” haydovchisi YPX xodimining toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan harakatlangan. Qatortol koʻchasida haydovchi boshqaruvni yoʻqotgan va avtomobil beton toʻsiq ustiga chiqib toʻxtagan. 
Avtomashinada boʻlgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan oʻtkir tigʻli jismlar bilan qarshilik koʻrsatgan.
Fuqarolardan bir nafari ushlanib, tuman IIBga olib kelingan. Qolgan 3 nafar fuqaro hodisa joyidan yashiringan.
Hozirda barcha fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hodisa yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.   
Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala